Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Rossiya BMTda: Ukraina tanlovi — muzokara yoki mag‘lubiyat

Gulhayo Naimova 30.05.20252 daqiqa o'qiladi
31

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya 30-may kuni Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Ukraina oldida faqat ikki tanlov qolganini bildirdi: yaqin orada muzokaraga o‘tirish yoki urush maydonida mag‘lubiyatga uchrash.

Nebenzya Rossiya tomonining 2-iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan bevosita tinchlik muzokaralariga tayyorligini qayd etib, bu imkoniyatdan foydalanish Ukraina foydasiga bo‘lishini taʼkidladi. U shuningdek, Rossiyaning murosa yo‘li bilan mojaroni hal qilishga ochiqligini, ammo “harbiy bosim ostida emas, mantiqiy yechimlar asosida” kelishuv bo‘lishi kerakligini aytdi.

Ukraina tomoni esa bu chaqiriqlarga ishonchsizlik bilan yondashdi. Ukraina BMTdagi vakili Xristina Gayovishin Rossiyaning tinchlikka chaqiruvi fonida davom etayotgan zarbalar va fuqarolik infratuzilmasi nishonga olinayotganini eslatib, buni “ikkiyuzlamachilik” deb atadi. U xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.

AQSh vakili Jon Kelli esa Rossiyani 30 kunlik to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rozi bo‘lishga chaqirdi. Unga ko‘ra, bu Rossiya uchun mojaroni mantiqiy va izzatli tarzda tugatishning eng maqbul yo‘lidir. “Agar bu imkoniyat ham rad etilsa, yangi sanksiyalar muqarrar”, dedi Kelli.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Rossiya tomonidan tinchlik kelishuvi loyihasi – memorandum tayyorlanganini, ammo hozircha u Kiyevga rasman taqdim etilmaganini ma’lum qildi.
Ushbu bayonotlar fonida 2-iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Rossiya–Ukraina muzokaralari urushning diplomatik yechimi uchun muhim burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin. Tomonlar hanuz o‘z pozitsiyalarida turibdi, ammo muzokara eshiklari ochiq qolmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *