Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Rossiyada pul o‘tkazmalariga cheklov kuchga kirdi: migrantlar ham oyiga 10 ming rublgacha yuborishi mumkin
Jahon

Rossiyada pul o‘tkazmalariga cheklov kuchga kirdi: migrantlar ham oyiga 10 ming rublgacha yuborishi mumkin

Gulhayo Naimova 30.05.20252 daqiqa o'qiladi
79

2025-yil 30-maydan boshlab Rossiyada bank hisob raqamisiz amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kirdi. Endilikda, Rossiya fuqarolari hamda chet elliklar, shu jumladan, mehnat migrantlari bir oyda atigi 10 000 rublgacha pul o‘tkazishlari mumkin.

Bu o‘zgarish Rossiya Markaziy bankining xavfsizlikni kuchaytirish, noqonuniy pul oqimlariga qarshi kurashish va pul yuvish holatlarining oldini olishga qaratilgan yangi tartiblar doirasida joriy etildi.

Agar fuqaro yoki migrant bir oyda 10 ming rubldan ortiq miqdorda pul yubormoqchi bo‘lsa, u holda bank hisob raqami ochishi va shaxsini to‘liq identifikatsiyadan o‘tkazishi shart bo‘ladi. Bu jarayonda pasport, yashash joyi haqida ma’lumot, soliq raqami (INN) va boshqa hujjatlar talab qilinadi.
Mobil ilovalar yoki oddiy pul o‘tkazmalar ham bu cheklovlarga bo‘ysunadi.

Hozircha kartadan kartaga pul o‘tkazmalar bu cheklovga kiritilmagan, ammo mutasaddilar bu borada ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.
Rossiyada ishlayotgan ko‘plab migrantlar ilgari pasport asosida katta miqdorda pul yubora olgan bo‘lsa, endilikda ular ham bu cheklovlarga amal qilishi zarur. Aks holda, moliyaviy operatsiyalar rad etilishi yoki qonunbuzarlik sifatida baholanishi mumkin.

Mutaxassislar bu tartib migrantlar uchun noqulayliklar tug‘dirishi, ular ishlagan mablag‘larini o‘z vatanlariga osonlik bilan yuborish imkoniyatini cheklashini ta’kidlashmoqda.

Yangi tartib Rossiya bo‘ylab amal qiladi va barcha banklar hamda moliyaviy tashkilotlar uni bajarishi shart.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *