Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Braziliyalik olimlar 3D texnologiyasi yordamida Betxovenning yuz qiyofasini qayta tikladi
Yangiliklar

Braziliyalik olimlar 3D texnologiyasi yordamida Betxovenning yuz qiyofasini qayta tikladi

Gulhayo Naimova 30.05.20252 daqiqa o'qiladi
54

Braziliyada taniqli kompozitor Lyudvig van Betxovenning yuz qiyofasi 3D texnologiyasi va sud-tibbiy rekonstruksiya metodlari yordamida qayta tiklandi. Tadqiqotni sud-tibbiyot grafikasi bo‘yicha mutaxassis Siseru Moraes olib bordi.

Moraes XIX asrda Betxovenning suyaklari asosida tayyorlangan tarixiy suratlar, yuz to‘qimalari haqidagi ilmiy ma’lumotlar hamda sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan. U barcha ma’lumotlarni birlashtirib, mashhur bastakorning yuzini virtual tarzda modellashtirdi. “Natijada Betxovenning ancha qat’iy va jiddiy qiyofasi hosil bo‘ldi”, — deydi u.

Rekonstruksiya jarayonida mutaxassis 1863-yildagi suyak suratlari asosida ikki o‘lchovli (2D) yuz shakllarini yaratdi, so‘ngra bu ma’lumotlar zamonaviy 3D suyak modeli bilan uyg‘unlashtirildi. Yevropaliklar yuz tuzilmasi bo‘yicha statistik ma’lumotlar yordamida yuz to‘qimalari qatlami hisoblab chiqildi. Yakunda sun’iy intellekt orqali yuz tafsilotlari aniqroq qilib berildi.

Betxovenning to‘q yashil ko‘zlari, to‘lqinli va oqargan sochlari, chuqur yonoq suyaklari bilan ajralib turadigan yuz qiyofasi tadqiqotchilar tomonidan “biologik ehtimollik darajasi yuqori bo‘lgan ko‘rinish” deb baholandi.

2023-yilgi DNK tahlillari Betxovenning sog‘ligi haqida ham muhim ma’lumotlarni taqdim etgan edi. Olimlar uning uzoq yillar davomida jigar bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekkanini, ehtimoliy sabab sifatida esa surunkali alkogol iste’moli va gepatit B infeksiyasini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, bastakorning eshitish qobiliyati 40 yoshdan so‘ng deyarli yo‘qolgani aniqlangan.

Mazkur rekonstruksiya nafaqat tarixiy qiziqish uyg‘otmoqda, balki Betxovenning hayoti va ijodiy merosini yanada chuqurroq anglashga xizmat qilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *