Telegram messenjeri Ilon Mask kompaniyasidan 300 million dollar oladi. Bu mablag‘ Telegramning kelajakdagi rejalarini amalga oshirish uchun ajratilmoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ishonchli manbalarga tayanib xabar berdi.
Sarmoya oddiy pul emas – u “konvertatsiya qilinadigan qarz” shaklida beriladi. Ya’ni bu qarz keyinchalik aksiyalarga aylanishi mumkin. Telegram yaqin orada fond birjasiga chiqishni – ya’ni aksiyalarini ochiq sotuvga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ilon Maskning bu sarmoyasi aynan shu yo‘lda muhim qadam hisoblanadi.
Telegram bu pullarni sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga, serverlarni kuchaytirishga va yangi xizmatlarni joriy etishga sarflashni rejalashtirgan. Hozirgi kunda Telegramda 900 milliondan ortiq foydalanuvchi bor va bu raqam tez o‘sib bormoqda.
Ilon Mask va Telegram rasmiylari bu xabar yuzasidan hozircha izoh bermadi.