Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Samarqandda eng ko‘p, Sirdaryoda eng kam” Yil boshidan buyon O’zbekiston aholisi qancha ko’paydi?
O'zbekiston

“Samarqandda eng ko‘p, Sirdaryoda eng kam” Yil boshidan buyon O’zbekiston aholisi qancha ko’paydi?

Nilufar Qobilova 29.05.20251 daqiqa o'qiladi
130

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston bo‘yicha jami 266 478 ta tirik tug‘ilish holatlari Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish organlarida qayd etildi.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar taqsimlanishi quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 11 896 ta

  • Andijon viloyati — 23 513 ta

  • Buxoro viloyati — 12 390 ta

  • Jizzax viloyati — 11 787 ta

  • Qashqadaryo viloyati — 29 792 ta

  • Navoiy viloyati — 7 367 ta

  • Namangan viloyati — 22 843 ta

  • Samarqand viloyati — 32 118 ta

  • Surxondaryo viloyati — 24 599 ta

  • Sirdaryo viloyati — 6 634 ta

  • Toshkent viloyati — 20 698 ta

  • Farg‘ona viloyati — 30 371 ta

  • Xorazm viloyati — 12 447 ta

  • Toshkent shahri — 20 023 ta

Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan bo‘lib, 32 118 ta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati (30 371 ta), uchinchi o‘rinda esa Qashqadaryo viloyati (29 792 ta) turadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *