Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Ilon Mask Tramp ma’muriyatidan ketishini e’lon qildi

Nilufar Qobilova 29.05.20251 daqiqa o'qiladi
32

Milliarder, Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida ishlagan maxsus davlat xizmatchisi lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida “Maxsus davlat xizmatchisi lavozimidagi muddatim tugashi munosabati bilan prezident Donald Trampga behuda sarf-xarajatlarni kamaytirish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirmoqchiman,” deb yozdi.

U shuningdek, “DOGE missiyasi vaqt o‘tishi bilan faqat mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning hayot tarziga aylanadi,” deya qo‘shimcha qildi.

Maxsus davlat xizmatchisi lavozimida Mask yiliga ko‘pi bilan 130 kun ishlashi mumkin bo‘lib, uning vakolat muddati 30 mayda yakunlanadi.

Tramp ma’muriyatida Mask Hukumat samaradorligi departamentini (DOGE) boshqardi, u hukumat xarajatlarini qisqartirish va “samarasiz” amaldorlarni ishdan bo‘shatishga qaratilgan tashkilot hisoblanadi. Associated Press ta’kidicha, Mask dastlab xarajatlarni 2 trillion dollarga kamaytirishni maqsad qilgan, keyinchalik bu ko‘rsatkichni 1 trillion dollarga tushirgan, oxir-oqibat esa 150 milliard dollarga kamaytirishga erishgan.

So‘nggi kunlarda AQShda Mask ikkinchi eng qudratli shaxs sifatida ko‘rilayotgani, ammo Oq uyni jimgina tark etgani haqida xabarlar tarqaldi. Saylov oldidan Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘ sarflagan Mask DOGE loyihasi bilan muvaffaqiyatsizlikka uchradi va bu uning obro‘siga hamda biznesiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *