Astronomlarning ma’lum qilishicha, 2025-yilning iyun oyida osmon kuzatuvchilari uchun bir nechta muhim hodisalar sodir bo‘ladi. Ularning ayrimlarini oddiy ko‘z bilan ham kuzatish mumkin. Eng yirik voqealar oyning oxiriga to‘g‘ri keladi.
1-iyun kuni Venera tonggi osmonning eng yorqin yulduziga aylanadi. U 20 daraja balandlikda, sharqiy osmondan ko‘rinadi. Shu kuni Oy ham Mars bilan yonma-yon chiqadi — bu hodisa oddiy ko‘z bilan kuzatiladigan go‘zal manzara hosil qiladi.
8-iyun – Yupiter bilan Merkuriy bir-biriga yaqinlashadi. Ularni tongda osmonning past qismidan ko‘rish mumkin.
11-iyun – to‘lin Oy. Bu kecha Oy to‘liq yoritiladi va tun bo‘yi osmonni yoritib turadi.
17-iyun – Mars Regulus yulduziga juda yaqinlashadi. Qizil sayyora va yorqin yulduz birga ko‘rinib, osmonni bezaydi.
19-iyun – Oy uchinchi chorak fazasida Saturn va Neptunga yaqinlashadi. Astrologlarning aytishicha, bu kun salbiy energiyalar kuchli bo‘lishi mumkin, shu bois sog‘likka ehtiyot bo‘lish kerak.
21-iyun – Quyosh turishi. Bu Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kuni va astronomik yozning boshlanishidir. Quyosh osmonning eng baland nuqtasiga chiqadi.
23-iyun – Oy Uran va Pleyadalar yulduz turkumiga yaqinlashadi.
25-iyun – Yangi Oy. Bu kecha Oy ko‘rinmaydi, chunki u Yer bilan Quyosh orasida bo‘ladi. Shu sababli osmon kuzatuvlar uchun eng qulay holatda bo‘ladi.
27-iyun – Oy Merkuriyga yaqinlashadi. Ularni tongda, past osmon chizig‘idan ko‘rish mumkin.
30-iyun – Oy qisqa muddatga Marsni to‘sib qo‘yadi. Biroq bu hodisa faqat Janubiy Amerikadan ko‘rinadi.
Iyun oxiri – sayyoralar mini paradi: Tongda Venera, Saturn, Uran va Neptun bir qatorda paydo bo‘ladi. Kechqurun esa Mars osmon yuzida ko‘rinadi. Merkuriy va Yupiter Quyosh nuri sababli bu davrda ko‘rinmaydi.