Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Yaponiya noodatiy bolalar ismlarini cheklamoqda

Gulhayo Naimova 29.05.20252 daqiqa o'qiladi
19

Yaponiyada endilikda ota-onalar farzandlariga noodatiy yoki g‘alati ismlar qo‘yishdan oldin ikki marta o‘ylab ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Hukumat bu haftadan boshlab kanji — ya’ni yapon yozuvidagi iyerogliflar orqali yoziladigan ismlarning talaffuziga doir yangi qoidalarni joriy qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, ota-onalar farzandlariga ism qo‘yayotganda, agar u kanji bilan yozilsa, bu belgilar qanday o‘qilishini mahalliy hokimiyatga rasmiy tarzda bildirishlari shart. Maqsad — chalkash yoki masxarali talaffuzlarning oldini olish.

Ushbu qadam Yaponiya jamiyatida yillar davomida muhokama bo‘lib kelayotgan masalaga javob bo‘ldi. So‘nggi o‘n yilliklarda ba’zi ota-onalar bolalariga mashhur brendlar yoki film qahramonlari nomlarini berishga odatlanib qolgan. Masalan, Pikachu (Pokemon qahramoni), Naiki (Nike brendi), Daiya (Brilliant), Pu (Vinni-Pux) va Kitty (Hello Kitty) kabi ismlar rasmiy ro‘yxatlarga tushgan.

Hukumat rasmiylarining aytishicha, bunday noodatiy ismlar hujjatlarni yuritishda noqulaylik tug‘diradi va bolalar o‘rtasida masxara obyekti bo‘lish xavfini oshiradi.
Ayrim holatlarda ismlar haddan tashqari g‘alati bo‘lgan. Masalan, “Odzisama” (Shahzoda) yoki “Akuma” (Iblis) kabi ismlar jamiyatda keskin tanqidga uchragan.

Mashhur sportchi va siyosatchi Seiko Xashimoto o‘g‘illariga Girisiya (Gretsiya) va Torino (Turin) degan ismlar bergani bilan bahs-munozaraga sabab bo‘lgan. U bunday qarorni Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan joylar bilan bog‘lagan.

Rasmiylar yangi tartiblar orqali bolalarni himoya qilish, hujjatlarda aniqlikni ta’minlash va kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan chalkashliklarning oldini olishni ko‘zlamoqda. Shu bilan birga, ular ota-onalarning ijodkorligiga to‘sqinlik qilmasdan, bu jarayonga tartib-intizom kiritmoqchi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *