Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Sport

“Chelsea” kechagi finaldan so’ng tarixga kirdi

Abrambek Azimov 29.05.20252 daqiqa o'qiladi
53

Kecha 28-may kuni Polshaning Vrotslav shahrida bo’lib o’tgan UEFA Konferensiya Ligasi finalida Chelsea jamoasi Real Betisni 4:1 hisobida mag’lub etib, tarixda barcha to’rtta asosiy Yevropa kubogini qo’lga kiritgan birinchi klubga aylandi.

O’yin boshida Real Betis tezkor gol bilan oldinga chiqdi. 9-daqiqada Abde Ezzalzouli o’yinda hisobni ochdi va birinchi bo’lim shu hisobda yakunlandi. 

Ikkinchi bo’limda Chelsea bosh murabbiyi Enzo Maresca o’zining asosiy futbolchilarini maydonga tushirdi, bu esa jamoaning o’yinini sezilarli darajada yaxshiladi. 65-daqiqada Cole Palmerning o’ng qanotdan uzatgan to’pi Enzo Fernandes tomonidan golga aylantirildi va hisob tenglashdi. 70-daqiqada Palmer yana bir ajoyib uzatma bilan Nicolas Jacksonga assisentlik qildi, u esa jamoasini oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada Jadon Sancho va 90+1-daqiqada Moisés Caicedo qo’shimcha gollarni kiritib, Chelsea’ni g’alabaga olib keldi.

Cole Palmer o’yinning eng yaxshi o’yinchisi deb topildi. Palmer ushbu uchrashuvda ikkita golga assistentlik qilib, jamoasining g’alabasiga katta hissa qo’shdi.

Ma’lumot o’rnida, Chelsea 2022-yilda Todd Boely va Bedad Egbali tomonidan sotib olinganidan keyin, ilk marta Yevropaning asosiy turnirlarida barcha to’rtta kubokni qo’lga kiritdi.

Real Betis uchun bu final tarixiy ahamiyatga ega edi.  Betis ilk marta Yevropa finaliga chiqdi. Ular o’zlarining barcha imkoniyatlarini ishga solib, finalda yaxshi o’yin ko’rsatishga harakat qilishdi, ammo oxirgi daqiqalarda Chelsea’ning kuchli o’yini ularni mag’lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun Yevropa futbolida yana bir final bizni kutib turibdi. 31-may (O’zbekiston vaqti bilan 1-iyun) kuni Allianz Arenada Psj va Inter jamoalari Yevropa chempionlar ligasi kubogi uchun maydonga tushadilar. Uchrashuv O’zbekiston vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *