Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

“Afrosiyob” poyezdining manevr lokomotivida yonģin yuz berdi

Nilufar Qobilova 29.05.20251 daqiqa o'qiladi
27

Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” tezyurar poyezdida yong‘in chiqqaniga oid video keng tarqalmoqda. Biroq, rasmiylarga ko‘ra, yong‘in bevosita “Afrosiyob” poyezdiga emas, balki unga texnik yordam ko‘rsatadigan manevr lokomotiviga taalluqlidir.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillarining ma’lum qilishicha, tezyurar poyezd o‘zining asosiy marshrutidan tashqarida bo‘lgan va yo‘lovchilarni tashimayotgan paytda, yordamchi teplovozda yong‘in yuz bergan. Hodisa vaqtida hech kim jarohat olmagan.

 

Yong‘in sodir bo‘lgan joyga mutaxassislar tezda yetib borgan va olovni muvaffaqiyatli o‘chirishgan. Ayni vaqtda barcha “Afrosiyob” reyslari belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi da’volarga ko‘ra, yong‘in vaqtida poyezdda yo‘lovchilar bo‘lgan, biroq bu ma’lumotlar rad etildi. Voqea faqat texnik zonada yuz bergan, va bu safar xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynagan.

 

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *