Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Kelishmovchiliklarni sudsiz hal etish imkoniyati yaratilmoqda.

Nilufar Qobilova 28.05.20251 daqiqa o'qiladi
87

Senatning 7-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Bugungi kunda ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotgan va ularning soni sezilarli kamaygan. Shu bilan birga, kodeksda bir xil huquqbuzarlik uchun bir nechta javobgarlik moddalari mavjudligi aniqlangan. Ushbu qonun ushbu moddalarning mosligini ta’minlash uchun ishlab chiqildi.

Endilikda ma’muriy ishlarning ayrim turlari — masalan, tortishuv, chaqimchilik yoki katta xavf tug‘dirmaydigan holatlar — faqat jabrlanuvchi noroziligi asosida sudga yetkaziladi. Bu davlatning har bir ishga aralashmasligini, sudlarga ortiqcha yuk tushmasligini va kichik kelishmovchiliklarni katta masalaga aylantirmaslikni anglatadi.

Qonun bilan ijtimoiy ahamiyati qolmagan, amalda deyarli uchramaydigan ba’zi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik bekor qilinadi. Shuningdek, tamaki chekishga oid tartibga solinmagan javobgarliklar yagona modda sifatida umumlashtirilmoqda.

Kam ahamiyatli ishlar uchun jiddiy choralar ko‘rilmaydi, har bir nizo uchun sudga murojaat qilish majburiyati bekor qilinadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *