Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Buxoroda tanishini bolta bilan o‘ldirgan erkak 16 yilga qamaldi

Gulhayo Naimova 28.05.20251 daqiqa o'qiladi
68

Buxoro viloyatida yashovchi erkak tanishini bolta bilan o‘ldirgani uchun 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Millar” dasturida va sud hujjatlarida ma’lumot berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu voqea 2018-yilda sodir bo‘lgan. Erkak uzumzoridan olgan hosilini 10 ming dollarga sotgan, lekin sakkiz yil davomida xaridordan pulni ololmagan. So‘nggi bor pulini so‘raganida esa rad javobini eshitgan.
Shunda u qasdma-qasd tanishini bolta bilan o‘ldirgan. Jinoyat izlarini yashirish uchun marhumning oyoq kiyimini yo‘q qilgan va jasadini ko‘mgan. Murdaning jasadi oradan 22 kun o‘tib topilgan.

Sud erkakni “nihoyatda shafqatsizlik bilan va boshqa jinoyatni yashirish maqsadida odam o‘ldirish” moddasi bilan aybdor deb topdi va unga 16 yil qamoq jazosi tayinladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *