Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Ertaga shamol kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda

Nilufar Qobilova 28.05.20252 daqiqa o'qiladi
68

O‘zgidromet 29-may, ertaga kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zan 10-12 m/s gacha kuchayadi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 16-18, kunduz 25-27 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, o‘zgaruvchan, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ba’zan 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin. Harorat kechasi 13-18, kunduz 30-35 daraja.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20, kunduz 25-30 daraja.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ob-havo o‘xshash — bulutli, ba’zan qisqa yomg‘ir bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zan 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 13-18, kunduz 23-28 daraja.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, o‘zgaruvchan, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20, kunduz 30-35 daraja.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli, ba’zi joylarda qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s, kechga tomon 13-18 m/s kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 13-18, kunduz 25-30 daraja.

To‘g‘oldi va tog‘li hududlarda ob-havo bulutli, ba’zi joylarda qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s kuchayadi. Harorat kechasi 8-13, kunduz 18-23 daraja atrofida.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *