Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Yer yaqinidan uchta asteroid uchib o‘tadi

Nilufar Qobilova 28.05.20251 daqiqa o'qiladi
109

AQSH kosmik agentligi NASA xabariga ko‘ra, 28-may kuni uchta potensial xavfli asteroid Yer oldidan uchib o‘tadi. Ushbu asteroidlar sayyoramiz uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘dirmaydi.

Asteroidlar quyidagilar:

  • 2025 KW (diametri 29,7 metr, samolyot kattaligida),

  • 2025 JR (79,5 metr, bino kattaligida),

  • 2025 KU1 (20,2 metr).

Yana ikkita asteroid — 2025 KT1 va 2025 JP 26 va 27-may kunlari Yer atrofidan uchib o‘tgan. Ularning diametri mos ravishda 12,8 metr va 25,3 metr.

NASA tasnifiga ko‘ra, Yerga 7,4 million kilometrgacha yaqinlashadigan asteroidlar “potensial xavfli” deb hisoblanadi. Ammo ushbu obyektlar tez harakat qilganiga qaramay, ular sayyoramiz uchun xavf tug‘dirmaydi.

Har yili NASA teleskoplari Yerga yaqinlashayotgan 3000 dan ortiq yangi asteroidlarni qayd etadi, ularning ko‘pchiligi atmosferada yonib ketadi.

2025-yil yanvarda esa 2024 YR4 asteroidi potentsial xavfli jismlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan. Uning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli 1,3% bo‘lib, diametri taxminan 100 metr. Ushbu to‘qnashuv global halokatga olib kelmaydi, deb taxmin qilinmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *