Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • AP surishtiruvi: Isroil askarlari Gʻazoda inson qalqonlaridan muntazam foydalangan
Jahon

AP surishtiruvi: Isroil askarlari Gʻazoda inson qalqonlaridan muntazam foydalangan

Gulhayo Naimova 27.05.20253 daqiqa o'qiladi
23

Associated Press (AP) tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga ko‘ra, Isroil armiyasi Gʻazodagi urush paytida falastinlik tinch aholini inson qalqoni sifatida tizimli tarzda ishlatgan. AP bu borada yettita falastinlik jabrlanuvchi va ikki nafar isroillik sobiq harbiy bilan suhbatlashdi. Ularning aytishicha, oddiy fuqarolar uy va tunnellarga kirishga, portlovchi moddalar yoki jangarilar bor-yo‘qligini aniqlashga majburlangan. Garchi bu xalqaro qonunlarga zid bo‘lsa-da, bu amaliyot keng ko‘lamda, yuqoridan berilgan buyruqlar asosida amalga oshirilgan.

“Faqat inson qalqoni bo‘lganimdagina qo‘llarim yechilgan”

Shimoliy Gʻazoda yashovchi 36 yoshli Ayman Abu Hamadan 2024-yil yozida Isroil harbiylari tomonidan 2 haftadan ortiq ushlab turilgan. Harbiy kiyim kiydirilgan, peshonasiga kamera mahkamlangan. Uni uydan uyga olib kirishgan, ichkarida xavf bormi, yo‘qmi — tekshirtirishgan. Har safar boshqa bo‘linmaga topshirishgan.
“Ular meni urishdi,  “Senda tanlov yo‘q. Buni bajarmasang — o‘ldiramiz,’” — deydi u.
Ayman har kuni qorong‘i xonada bog‘lab qo‘yilgan, ertalab esa yana xavfli topshiriqlarga olib chiqilgan.

Buyruqlar yuqoridan, tizim esa oddiy holatga aylangan

Isroillik sobiq ofitserning aytishicha, bu usul armiyada keng tarqalgan va ko‘pincha yuqori rahbariyat tomonidan ma’qullangan. Radioda “chivin olib keling” degan kodli ibora ishlatilgan — bu falastinlikni topib, xavfli joyga yuborish deganidir.
2024-yilda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda komandirlarga “chivin tuting” degan yozuvli slayd ko‘rsatilgan. Ofitserning aytishicha, u ikki marotaba yozma hisobot topshirgan. Ulardan birida boshqa guruh inson qalqoni sifatida foydalanayotgan falastinlikni noto‘g‘ri tushunib, otib o‘ldirgan holat qayd etilgan.

“Urushda bu odatga aylandi”

Xon Yunus shahrida yashovchi 36 yoshli Mas’ud Abu Said 2024-yil martida ikki hafta davomida harbiylar tomonidan majburiy ishlatilgan. Unga “birinchi yordam” jileti kiydirilgan, qo‘liga bolg‘a, simkesgich va telefon berilgan. U binolar, kasalxonalar va uylarga kirib, xavfni aniqlashi kerak bo‘lgan.
“Bu juda xavfli edi. Men askarga aytdim: ‘Men bolalarimni yana ko‘rmoqchiman,’” — deydi u. Hatto bir amaliyotda akasini ko‘rib qolgan, u ham boshqa guruh tomonidan shunga o‘xshash tarzda ishlatilgan. “Uni o‘ldirishgan deb o‘ylagandim,” — deya eslaydi u.

Ayollar va bolalar ham ayovsiz ishlatilgan

G‘arbiy Sohildagi Jenin qochqinlar lagerida yashovchi Hazar Estity aytishicha, 2024-yil noyabrida uyiga bostirib kirgan harbiylar uni videoga olish va kvartiralarga askarlar kirishidan oldin ichkarini tekshirishga majbur qilgan. U 21 oylik bolasining yoniga qaytishga ruxsat so‘ragan, lekin rad javobi olgan.
“Men eng ko‘p o‘ldirishlaridan qo‘rqdim,” — deydi u.

Isroil armiyasi: bunday ishlar taqiqlangan

Isroil armiyasi AP’ga bergan izohda fuqarolardan inson qalqoni sifatida foydalanish qat’iyan man etilganini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, bu taqiqlar harbiylarga doimiy eslatib boriladi. Ayrim holatlar bo‘yicha tergov ochilgan, biroq tafsilotlar oshkor qilinmagan.

“Xalqaro qonun haqida o‘ylamang”

Isroillik serjantning aytishicha, 2024-yil o‘rtalarida u va bo‘linmasi bunday amaliyotga qarshi chiqishga uringan. Ammo yuqori lavozimli zobit: “Xalqaro qonunni unutaveringlar,” — degan.
Ikki kun davomida ular 16 yoshli bola va 30 yoshli erkakni xavfli hududlarga yuborishga majburlagan. Bola doim titrab turgan. Ikkalasi ham “Rafah, Rafah” deb takrorlagan — bu urushdan qochib Gʻazoning janubidagi Rafah shahriga yig‘ilgan millionlab odamlarning yagona umid joyi edi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *