Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Xotin-qizlar uchun oliy ta’limga imtiyozli qabul: Tavsiyanoma olish imkoniyati ochildi
Jamiyat

Xotin-qizlar uchun oliy ta’limga imtiyozli qabul: Tavsiyanoma olish imkoniyati ochildi

Nilufar Qobilova 27.05.20252 daqiqa o'qiladi
377

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari Saodat Boymirzaeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda 2025-2026 o‘quv yili uchun xotin-qizlarga davlat grantlari va alohida kvota asosida imtiyozli qabul qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun talabgorlar qo‘mita tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lishlari kerak. Tavsiyanoma olish jarayoni belgilangan talablar asosida tashkil etilmoqda.


Mehnat staji bor xotin-qizlar uchun alohida kvotalar
  • Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga muvofiq, o‘zi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hotin-qizlar uchun davlat OTMlariga alohida qabul kvotalari ajratilgan.

  • Tavsiyanoma olish uchun 31-mayga qadar yashayotgan hududingizdagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishingiz lozim.


Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat grantlari
  • Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qaroriga asosan ehtiyojmand oilalardagi hotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat grantlari ajratiladi.

  • Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar 30-maydan 8-iyungacha Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanoma.ijro.uz portali orqali onlayn ariza topshirishlari kerak.


Tavsiyanoma berilishining 6 mezoni:
  • Kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;

  • To‘liq bo‘lmagan oilada tarbiya olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

  • Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, farzandini yolg‘iz tarbiyalovchi ayollar;

  • Nogiron farzandi bor ayollar;

  • Ikkidan ortiq farzandini ijarada yoki alohida tarbiyalayotgan yolg‘iz ayollarning qizlari;

  • Ota-onasidan biri yoki ikkalasi nogironligi bor xotin-qizlar.


Muhim:
  • Tavsiyanoma egasi bo‘lgan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda faqat birinchi tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4% qo‘shimcha davlat granti bilan imtihonga kiradi.

  • Kirish imtihonida eng yuqori ballning kamida 30%ini olgan tavsiya nomaga ega abituriyentlar ballar ketma-ketligi asosida tavsiya etiladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *