63
Shu yilning 3-17 noyabr kunlari Qatar maydonlarida o’tkaziladigan 17 yoshli futbolchilar o’rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi.
Unga ko’ra o’zbekistonlik o’smirlar, Paragvay, Panama va Irlandiya kabi jamoalar bilan J guruhidan o’rin oldi.
Musobaqa taqvimiga ko’ra vakillarimiz 5-noyabr kuni Dohadagi “Aspire Zone” o’yingohida Paragvayga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, jamoamiz 8-noyabrda Irlandiya bilan, 11-noyabrda esa Panama bilan kuch sinashadi.