Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

104 yoshli ayol oʻz orzusini ro‘yobga chiqardi

Gulhayo Naimova 25.05.20252 daqiqa o'qiladi
130

Ana xolos! 104 yoshni qarshi olguncha koʻpchilik turli tilaklar qiladi, qayerlargadir borishni orzu qiladi. Biroq bu ayolning orzusi butunlay boshqacha edi — u qamoqqa tushishni istadi! Ha, aynan shunday.

Nyu Yorkda yashovchi 104 yoshli Loretta Chamberlen o‘zining bu galgi tug‘ilgan kunini odatdagidan ancha g‘aroyib tarzda o‘tkazdi — u qamoqxonaga bordi.

“Avon Nursing Home” qarovxonasi xodimlarining aytishicha, Loretta hech qachon hibsga olinmagan, ammo doimo qamoqxona ichini ko‘rishni xohlab kelgan. Uning bu orzusi joriy yil 8-fevral kuni Livingston okrugi sherif idorasi yordamida amalga oshdi.

Sheriflar Lorettani maxsus qabul qilib, unga “mahbus” tajribasini his qiladigan bir necha lahzalarni taqdim etishdi. U barmoq izlarini topshirdi, mahbus surati uchun kamera oldida turdi va hatto qisqa muddatga hibsxona kamerasida o‘tirib ko‘rdi.

Shundan so‘ng unga tug‘ilgan kun torti va qahva taklif qilindi.
“Bu mening hayotimdagi barcha tug‘ilgan kunlarni ortda qoldirdi”, — dedi Loretta tashrif yakunida, sheriflar esa uni “a’lo darajadagi mehmon” deb atadi.

1921-yilda tug‘ilgan Loretta o‘tgan yilgi tug‘ilgan kunini sog‘lig‘i tufayli kasalxonada o‘tkazgan edi. Bu yil esa u nafaqat sog‘lom, balki orzusini ham ro‘yobga chiqargan holda 104 yoshni qarshi oldi. Uning navbatdagi rejasi — 105 yoshini oilasi davrasida nishonlash.

Sherif idorasi bu tashrifni o‘z sahifasida e’lon qilib, “bu bizning kunimizni nurga to‘ldirdi,” deya izoh qoldirgan.
Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham iliq kutib olindi va ko‘plab foydalanuvchilar uchun ilhom manbaiga aylandi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *