Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Finaldagi mag’lubiyatdan so’ng Manchester Yunaytedni to’rt nafar futbolchi tark etishi mumkin
Yangiliklar

Finaldagi mag’lubiyatdan so’ng Manchester Yunaytedni to’rt nafar futbolchi tark etishi mumkin

Abrambek Azimov 23.05.20251 daqiqa o'qiladi
88

“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi finalida “Tottenhem”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shundan keyin jamoa ustozi Ruben Amorim ishonchni oqlamagan bir nechta futbolchi jamoadan ketishini istamoqda. Bu haqda Give Me Sport nashriga tayanib Championat xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, darvozabon Andre Onana, himoyachi Lyuk Shou, yarim himoyachi Kazemiro va hujumchi Rasmus Hoylund mavsum yakunlangach, “qizil iblislar” safini tark etishi mumkin.

Klub Hoylundni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda, ammo xaridor topilmasa, uni ijaraga berish ehtimoli ham mavjud. Kazemiro va Shou yuqori maosh oladi. Shuning uchun ularni sotish biroz qiyin kechishi aytilmoqda. Shu bilan birga, “Manchester Yunayted” Onanaga bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Klub zaxira darvozaboni Altay Bayindirning ham yozda jamoani tark etishi mumkinligini hisobga olib, “qizil iblislar” yozgi transfer oynasi vaqtida ikkita posbon qidirishga majbur bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” 37-turdan keyin Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida 16-pog‘onani egallab turibdi. Klub Yevropa Ligasi finaliga chiqqan edi, ammo hal qiluvchi bahsda “Tottenhem”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *