Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Xorazmda soliq inspektori, Qashqadaryoda sud eksperti pora olayotganda ushlandi

Gulhayo Naimova 22.05.20251 daqiqa o'qiladi
14

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida mansabdor shaxslarning pora olayotgani aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda rasmiylar.

Xorazm viloyati Yangiariq tumani davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yuritgan inspektor trikotoj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MChJ soliq qarzdorligini undirish o‘rniga, korxonani bankrot deb yopib berish evaziga yaqin tanishi orqali 900 AQSh dollari miqdorida pora olayotganida DXX tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida esa Yakkabog‘ tumanida yashovchi, ilgari sudlangan shaxs chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligining suv tarmog‘iga noqonuniy ulanib foydalanishi oqibatida aniqlangan 99 million so‘mlik zararni “yo‘q qilish” evaziga xo‘jalik vakilidan 1500 AQSh dollari olayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida H. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyat bo‘limi eksperti ham ayni miqdordagi porani olayotganida DXX tomonidan qo‘lga olingan.

Har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov ishlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *