Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Fan-texnika

Olimlar qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirdi

Gulhayo Naimova 20.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :18

Yevropaning yadro tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi eng yirik ilmiy markazi — Yevropa yadro tadqiqot markazi (CERN) mutaxassislari 2025-yil may oyida tarixiy ilmiy tajribani amalga oshirishdi. Ular qo‘rg‘oshin yadrosini oltinga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bu tajriba Shveysariya va Fransiya chegarasida joylashgan Katta Adron Kollayderi laboratoriyasida olib borildi. Olimlar uzoq vaqt davomida nazariy jihatdan mavjud deb hisoblangan, ammo tajribada tasdiqlanmagan jarayonni amalda isbotlashdi.

Tajriba davomida olimlar qo‘rg‘oshin-208 deb nomlanuvchi og‘ir atom yadrolarini yorug‘lik tezligiga juda yaqin tezlikda harakatlantirib, ularni bir-biriga urmasdan juda yaqin masofada o‘tkazishdi. Bu yaqinlik natijasida hosil bo‘lgan kuchli elektromagnit maydonlar qo‘rg‘oshin yadrosidan uchta protonning ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Natijada, 82 protonli qo‘rg‘oshin yadrosi 79 protonli oltin yadrosiga aylandi. Bunday hodisa “elektromagnit dissosiasiya” deb ataladi va fizikada juda kam uchraydi.

Tajriba davomida jami 86 milliardga yaqin oltin yadrosi hosil bo‘lgani qayd etildi. Biroq bu yadrolarning umumiy massasi 29 pikogramm (ya’ni, 0.000000000029 gramm) bo‘lib, ular mikrosekund ichida parchalanib ketgan.
Demak, bu jarayon orqali sanoat miqyosida foyda olish imkonsiz. Ammo ilmiy jihatdan bu — katta yutuq.

Ushbu tajriba moddaning ichki tuzilishini chuqurroq o‘rganishga, yadro fizikasi, zarracha fizikasi, tibbiyot va kosmik texnologiyalar uchun yangi bilimlar yaratishga xizmat qiladi.

Asrlar davomida alkimyogarlar qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirishni orzu qilishgan. Endi esa bu orzu ilm-fan vositasida qisqa muddatga bo‘lsa-da, amalga oshdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *