Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Iqtisodiyot

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 2025 yil boshida keskin oshdi

Gulhayo Naimova 20.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :9

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi choragida mamlakatga xorijdan kelgan pul o‘tkazmalari hajmi 3,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga ko‘pdir.

Bankning “Pul-kredit siyosati sharhi”da ta’kidlanishicha, o‘sishning asosiy sabablari orasida asosiy savdo hamkor mamlakatlar valyutalarining mustahkamlanishi va yuqori ish haqi taklif etuvchi davlatlarga mehnat migrantlari oqimining kuchayishidir.

Regulyator, shuningdek, pul o‘tkazmalarini so‘nggi vaqtlarda aholi daromadlarining o‘zgaruvchanligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri sifatida ham ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil davomida O‘zbekistonga yuborilgan jami pul o‘tkazmalari hajmi 14,8 milliard dollarni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 milliard dollarga ko‘paygan edi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *