Asosiy matnga o'tish
25-Noyabr, Chorshanba
Huquq va xizmatlar 1 daqiqa o'qish

Umrbod qamalgan erkakka qo’shimcha yana 7 yil qamoq jazosi tayinlandi

Umrbod qamalgan erkakka qo'shimcha yana 7 yil qamoq jazosi tayinlandi

AQSH federal sudi prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirishga urinishda aybdor deb topilgan 59 yoshli Rayan Routni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Unga qo‘shimcha ravishda o‘qotar qurol bilan bog‘liq jinoyat uchun yana 7 yil majburiy jazo tayinlandi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu haqda RBK nashri xabar berdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Maʼlum qilinishicha, Rout 2025 yil sentyabr oyida hakamlar hayʼati tomonidan bir nechta og‘ir ayblovlar, jumladan, qotillikka urinish, noqonuniy qurol saqlash hamda federal xodimlarga to‘sqinlik qilish bo‘yicha aybdor deb topilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Tergov materiallariga ko‘ra, u Tramp bo‘lgan golf maydonchasi yaqinida qurol bilan yashiringan holda aniqlangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Gumonlanuvchi voqea joyidan o‘q uzmasdan qochib ketgan, keyinchalik huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Sud jarayonida ayblanuvchi o‘ldirish niyatini rad etib, yengilroq — 27 yillik qamoq jazosini so‘ragan, biroq sud bu talabni rad etgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Abrambek Azimov
Muallif
Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Google qidiruvidagi “Asosiy yangiliklar” bo‘limida Jarayon xabarlari sizga birinchi bo‘lib chiqsin.

Google’da afzal manba qilish