Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Namanganlik 1-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

Namanganlik 1-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda 2007-yil tug‘ilgan talaba yigit temir sim yog‘ochga o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, holat yuzasidan joriy yil 17-yanvar kuni Namangan viloyati Chust tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, marhum yigit poytaxtdagi nufuzli oliygohlardan birida tahsil olayotgan 1-bosqich talabasi bo‘lgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ayni paytda marhumning tanasida jarohatlar bor yoki yo‘qligi hamda o‘limning kelib chiqish sabablari noma’lum.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu bo‘yicha sudga oid ekspertiza tayinlangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Abrambek Azimov
Muallif
Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Mavzuga oid

Jamiyat