“Byurokratiyasiz O‘zbekiston”ga takliflarni 30-noyabrgacha yuborish mumkin
“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusiga takliflar endi 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Namangan viloyati hokimligi muddat uzaytirilganini rasmiy kanalida ma’lum qildi. Tashabbus davlat xizmatlaridagi ortiqcha qog‘ozbozlik va to‘siqlarni kamaytirishga qaratilgan.

