Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

O‘zbekistonning 22 ta OTMlari Osiyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kirdi

dilfuzarustuuhlll 7

4-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan eʼlon qilingan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — QS Asia University Rankings 2026 roʻyxatidan Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti joy oldi. Shulardan 8 tasi oʻz oʻrnini oʻtgan yilgi natijalarga nisbatan yaxshilagan.

 

Ma’lumot uchun, mazkur reytingda Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor roʻyxatga kiritilgan.

 

Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.

 

QS Asia University Rankings 2026’da Oʻzbekiston OTMlari natijalari:

 

1. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti — 103

2. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti — 180

3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 274

4. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — 301

5. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti — 307

6. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 557

7. Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti — 588

8. Toshkent davlat transport universiteti — 602

9. Urganch davlat universiteti — 632

10. Toshkent davlat agrar universiteti — 741–750

11. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat universiteti — 801–850

12. Fargʻona davlat texnika universiteti — 851–900

13. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 851–900

14. Fargʻona davlat universiteti — 901–950

15. Qarshi davlat universiteti — 901–950

16. Andijon davlat universiteti — 951–1000

17. Namangan davlat texnika universiteti — 951–1000

18. Buxoro davlat universiteti — 1001–1100

19. Guliston davlat universiteti — 1001–1100

20. Jizzax politexnika instituti — 1001–1100

21. Buxoro davlat texnika universiteti — 1201–1300

22. Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 1201–1300

Avvalroq, O‘zbekiston universiteti Times Higher Education reytingida TOP-600 talikka kirganligi haqida xabar bergan edik.