Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ilon va tipratikandan sho‘rva tayyorlab sotayotgan shaxslar aks etgan video tarqalgan edi.
Holat Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi hamda 1-mintaqaviy PPX xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish natijasida Oltiariq tumanining “Zilha” MFY hamda Buvayda tumanining “Boston buva” MFY hududlaridagi qum barxanlarida huquqbuzar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.