160
Bugun, 11-iyul kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan “Seul moon” ovqatlanish maskanlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yong‘in to‘g‘risidagi xabar soat 09:43 da kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:47 da yetib borgan, yong‘in 09:49 da o‘rab olinib, 09:53 da to‘liq o‘chirilgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tan jarohati olganlar yo‘qligini ma’lum qildi.