Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Dohada Isroil va HAMAS o‘rtasida yangi muzokaralar boshlandi

Gulhayo Naimova 07.07.20251 daqiqa o'qiladi
38

Isroil va HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi muzokaralar bosqichini boshladi. Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar Frans-Press agentligi va Al- Araby telekanalining xabarlariga ko‘ra, Qatar vositachiligida o‘tkazilmoqda.

Tomonlar asosiy e’tiborni sulh bitimini amalga oshirish mexanizmi va garovdagilar almashinuviga qaratgan. Muzokaralarda G‘azoda HAMAS tomonidan asirga olingan isroillik garovdagilarni, Isroilda saqlanayotgan falastinlik mahbuslarga almashtirish masalasi muhokama qilinmoqda.

Yanvar oyida e’lon qilingan sulh rejimi martda Isroil armiyasining harbiy harakatlarni qayta boshlashi bilan buzilgan edi. Shundan buyon AQSh, Misr va Qatar ishtirokida o‘tkazilgan bir nechta muzokara raundlarida tomonlar barqaror kelishuvga erisha olmay kelmoqda.

2-iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil 60 kunlik sulhga rozi bo‘lganini bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu muddat davomida tomonlar G‘azodagi urushni tugatish yo‘llarini izlaydi.

4-iyul kuni HAMAS harakati boshqa falastinlik guruhlar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng vositachilarga sulh taklifiga ijobiy javobini taqdim etganini e’lon qildi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *