Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i “Malibu ishi” sabab ishdan bo‘shatildi

Nilufar Qobilova 06.07.20251 daqiqa o'qiladi
74

Farg‘ona viloyati YXB boshlig‘i Akmal Ahmadov Malibu avtomobilining qarindoshiga tegishli bo‘lgan 106 ta jarimasini noqonuniy ravishda bekor qilgani sababli lavozimidan ozod qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda, Malibu avtomobilining 40 081 SBA davlat raqami bilan ro‘yxatga olingani va uning Akmal Ahmadovning yaqindan tanish bo‘lgan qarindoshiga tegishli ekani haqida xabarlar tarqaldi. YHXB matbuot xizmati bu ma’lumotni tasdiqladi va Akmal Ahmadovni lavozimidan ozod qilish haqida e’lon qildi.

Bundan tashqari, tekshiruv natijasida avtomobilning haydovchisi barcha bekor qilingan jarimalarni davlatga to‘liq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Hozirda bu holat bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *