Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Uch million dollar kredit olib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Nilufar Qobilova 02.07.20251 daqiqa o'qiladi
47

Toshkent shahrida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari, 1979-yilda tug‘ilgan, ilgari sudlangan ayol Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroni ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali aksiyadorlik tijorat banklaridan biridan 3 million AQSH dollari miqdorida maqsadsiz kredit olishni va’da qilgan. Kreditning 33 foizi, ya’ni 990 ming AQSH dollarini talab qilgan.

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur shaxs 150 ming AQSH dollarini oldi va ashyo dalillari bilan qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaroga o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga kredit ajratishni va’da qilgan noqonuniy kelishuvning asosiy tashkilotchisiUrganch shahrida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan shaxs ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” bandi va 28,211-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *