Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

Prezident «Yoshlar kuni» munosabati bilan uchrashuv o’tkazib,yoshlarni tabrikladi

photo 2025 06 30 09 56 08

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Tadbir avvalida davlatimiz rahbari O‘zbekiston yoshlarini 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy tabrikladi.

Davlat rahbari o‘z nutqida, so‘nggi yillarda iqtisodiyot tez sur’atlarda rivojlanib, imkoniyatlar kengayib borayotgani va bu yutuqlarda yoshlarning hissasi katta ekanini ta’kidladi.

“Bila­gida kuch-­g‘ayrat, har bir harakatida azmu shijoat jo‘sh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi,” — dedi Prezident.

Shuningdek, Prezident yirik davlatlar va dunyoning yetakchi kompaniyalari bugun O‘zbekistonga ishonch bildirayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu ishonch O‘zbekiston yoshlarining ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlari tufayli yuzaga kelmoqda.

“Hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda,” — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuv davom etmoqda.