Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • O'zbekiston
  • Oʻzbekistonda sirtqi o‘qish o‘rniga endilikda masofaviy (onlayn) ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
O'zbekiston

Oʻzbekistonda sirtqi o‘qish o‘rniga endilikda masofaviy (onlayn) ta’lim yo‘lga qo‘yiladi

Gulhayo Naimova 30.06.20252 daqiqa o'qiladi
72

O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov mamlakatda sirtqi ta’lim shakli tugatilganini taʼkidladi. Unga ko‘ra, asosiy sabab — bu yo‘nalishda ta’lim sifati yetarli darajada ta’minlanmagani.

“Bu yo‘nalishda ta’lim sifatini 100 foiz kafolatlab bo‘lmaydi. Talabalarning ko‘pchiligi ishlaydi, darslarga vaqtida qatnasha olmaydi. Bu hammamizga ayon, yashiradigan joyi yo‘q”, — degan vazir “Daryo” internet nashriga bergan intervyusida.

Sharipovning aytishicha, sirtqi o‘qish o‘rniga endilikda masofaviy (onlayn) ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Bunday ta’limda nazorat kuchli bo‘ladi: talabalar har kuni kompyuter orqali darsga kiradi, agar o‘rniga boshqa odam kirsa yoki imtihon paytida ruxsatsiz materiallardan foydalansa, tizim avtomatik ravishda ulanishni to‘xtatadi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida sirtqi ta’lim shakli mavjud emas.

“Biz ham xalqaro tajribani o‘rganib, kredit-modul tizimiga o‘tdik, dunyoning eng yaxshi 300 universiteti dasturlarini olib kelyapmiz. Xorijlik professorlarni taklif qilmoqdamiz”, — dedi u.

Sharipov, shuningdek, Yevropa va AQSh tajribasiga to‘xtaldi: u yerda kunduzgi, kechki, masofaviy va uzaytirilgan ta’lim shakllari mavjud. Ba’zi talabalar universitetni 4 yil emas, 5–10 yil ichida ham tamomlashi mumkin. “Shuning uchun sirtqi ta’lim bekor qilinishidan cho‘chimaslik kerak. Uning o‘rniga zamonaviy va qulayroq shakl taklif etilyapti”, — deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *