Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Boysunda metan zapravkada »Neksiya» portladi

photo 2025 06 28 13 12 20

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida metan gaz quyish shoxobchasida Neksiya avtomobili portladi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar bermoqda.

Hodisa 28-iyun kuni soat 07:15 larda sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, gaz to‘ldirish jarayonida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Portlashning aniq sabablari va boshqa tafsilotlar hozircha oshkor qilinmagan. Rasmiy organlar tomonidan rasmiy bayonot hali e’lon qilinmagan.