Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Toshkentda 3 yoshli bolani OLX’da sotmoqchi bo‘lgan shaxs uning akasi bo‘lib chiqdi
Jamiyat

Toshkentda 3 yoshli bolani OLX’da sotmoqchi bo‘lgan shaxs uning akasi bo‘lib chiqdi

Nilufar Qobilova 27.06.20251 daqiqa o'qiladi
127

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yoshli bola OLX savdo platformasida sotuvga qo‘yilgani haqidagi e’lon katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy izoh berdi.

Tezkor surishtiruvlar davomida e’lonni Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashovchi 13 yoshli bola joylashtirgani aniqlandi. U 3 yoshli ukasini sho‘xligi uchun “ta’zirini berish” maqsadida uni OLX’da 150 ming so‘m narxda sotishga uringan.

Bolalar ombudsmani bu vaziyatni “bolalarcha o‘ylovsiz qadam” sifatida baholab, bola bu ishning jiddiy oqibatlarini tushunmaganini ta’kidladi.

Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani esa vaziyatni monitoring qilib borishini bildirdi.

Mutaxassislar bunday holatlar bolalar bilan ishlashda raqamli savodxonlik va internet madaniyatini o‘rgatish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *