Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Qabul-2025: Abituriyentlar soni so’nggi 7 yildagi eng past darajaga tushdi

photo 2025 06 26 10 58 36

O‘zbekistonda 2025-yilgi abituriyentlar soni so‘nggi yetti yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Yuqori ta’lim muassasalariga hujjat topshirganlarning umumiy soni – 732 411 nafar bo‘lib, bu avvalgi yillardagi ko‘rsatkichlardan ancha kam.

Abituriyentlarning gender tarkibi quyidagicha:

  • Erkaklar – 346 299 nafar
  • Ayollar – 386 112 nafar

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yetti yil ichida abituriyentlar soni quyidagicha o‘zgarib borgan:

  • 2019-yil – 1 066 925 nafar
  • 2020-yil – 1 484 085 nafar
  • 2021-yil – 948 211 nafar
  • 2022-yil – 1 214 232 nafar
  • 2023-yil – 1 018 007 nafar
  • 2024-yil – 894 279 nafar
  • 2025-yil – 732 411 nafar

Mutaxassislar bu kamayishni bir nechta omillar bilan izohlashmoqda: aholi demografik o‘zgarishlari, chet elda o‘qishga bo‘lgan qiziqishning ortishi, ichki mehnat bozori talablarining o‘zgarishi, shuningdek, o‘quv tizimiga nisbatan ishonch va motivatsiyaning pasaygani.