Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Chegarada million dollarlik narkotik kontrabandasiga chek qo‘yildi

Gulhayo Naimova 21.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :10

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Qozog‘istondan mamlakatga olib kirilmoqchi boʻlgan sintetik giyohvand moddalar kontrabandasiga chek qo‘ydi, deya xabar bermoqda DXX.

Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 1983- va 1988- yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro olib kirgan tibbiy uskuna ichidan umumiy bahosi 1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,206 kg “Mefedron” va 3,970 kg “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddalar topildi.

Tezkor tadbir davomida mazkur ishga aloqador Toshkent shahri va viloyatida yashovchi 1992-, 1993-, 1995- va 2000-yillarda tug‘ilgan besh fuqaro ham qo‘lga olindi. DXXga ko‘ra, ular Rossiya fuqarosining “Telegram” orqali yuborilgan ko‘rsatmalari asosida narkotik moddalarni tarqatib kelgan.

Boshqa holatda, 1980-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi Qozog‘istondan gaz plitasi olib kirishga uringan. Chegara nazoratida to‘xtatilgan bu plita ichidan 1,985 kg “Alfa-PVP” moddasi aniqlanib, protsessual rasmiylashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tergovchilarning ma’lum qilishicha, mazkur moddani qabul qilib olayotgan paytda 2006-yilda tug‘ilgan Toshkent shahri fuqarosi ham dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246- (kontrabanda) va 273- (narkotik vositalar bilan qonunga xilof muomala) moddalariga binoan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *