Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Buxoro viloyatida fuqaro noqonuniy tarzda maymun saqlagani uchun javobgarlikka tortildi

IMG 20250514 134338 348

Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi fuqaro o‘z uyida “Yavan makakasi” turiga mansub maymunni noqonuniy ravishda saqlab kelgani aniqlandi, deya xabar berdi mahalliy hokimiyat vakillari.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan jonivor musodara qilinib, vaqtinchalik saqlash uchun Somoniylar bog‘i hududidagi hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.Z. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 92-moddasi 1-qismiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sud organlariga yuborilgan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.