Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Fan-texnika

Slovakiyada uchar avtomobillar sotuvga chiqariladi

Gulhayo Naimova 14.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :11

Slovakiyaning Klein Vision kompaniyasi tomonidan yaratilgan uchar avtomobil — AirCar 2026-yildan boshlab tijoriy savdoga chiqariladi.

Kompaniya vakillarining bildirishicha, sport ko‘rinishidagi bu mashina samolyotga atigi 80 soniyada aylanadi va havoda 1000 kilometrgacha parvoz qila oladi.

AirCar’ning narxi 1 million AQSh dollarigacha bo‘lishi mumkin. Uning maksimal tezligi havoda soatiga 250 kilometr, yo‘lda esa 200 kilometrgacha yetadi. Bu avtomobil benzin yoqilg‘isida harakatlanadi va dvigateli 280 ot kuchiga ega. Uning ichki sig‘imi esa 2 kishilik.

Kompaniya hozirgacha AirCar’ni 500 marotaba sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazgan. 2022-yilda esa u Slovakiya Transport Agentligidan rasmiy parvozga yaroqlilik sertifikatini oldi.

Klein Vision vakillari dastlab 100 dona AirCar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ammo bu transport vositasini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasidan tashqari uchuvchilik litsenziyasi ham talab etiladi. Shu sababli xaridorlar maxsus 2-3 oylik tayyorgarlik kurslarini o‘tishi kerak bo‘ladi.

AirCar — bu avtomobil va samolyot imkoniyatlarini birlashtirgan texnologik yutuq hisoblanmoqda. Mutaxassislar bu loyiha kelajakda shaharlararo qatnovlarda inqilob qilishi mumkinligini aytmoqda.

Klein Vision bu sohada dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biriga aylanishni maqsad qilgan. Ularning innovatsion yondashuvi transport vositalarining kelajagini butkul o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *