Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

AQSh va Xitoy boj to‘lovlaridagi keskinlikni yumshatdi: 90 kunlik sulhga kelishildi

Nilufar Qobilova 12.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :14

Dushanba kuni AQSh va Xitoy rasmiylari so‘nggi oylardagi bojxona bojlari bo‘yicha kelishuvga erishib, o‘zaro tariflarni sezilarli darajada qisqartirish va 90 kunlik savdo urushi tanaffusini e’lon qilishdi. Bu oraliqda tomonlar savdo nizolarini hal qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishadi.

Dunyodagi ikki yirik iqtisodiy qudrat qarama-qarshilikdan orqaga chekinishi global iqtisodiyot uchun ijobiy yangilik bo‘lib, fond bozorlarida aks etdi. AQSh savdo vakili Jemieson Grirning aytishicha, AQSh Xitoy mahsulotlariga nisbatan joriy qilingan 145% boj stavkasini 115% ga kamaytirib, 30% ga tushiradi. Xitoy ham xuddi shunday tarzda AQSh tovarlariga bo‘lgan bojlarni 10% ga tushirishga rozilik berdi.

Grir va AQSh Moliya vaziri Skott Bessent Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bu qarorni e’lon qildi. Ular muzokaralar davomida ijobiy ohangda chiqish qilib, tomonlar savdo masalalarini yechish bo‘yicha konsultatsiyalarni davom ettirishga kelishganini ma’lum qilishdi.

Bessent ta’kidlashicha, yuqori boj stavkalari amalda ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalarini to‘sib qo‘yadi, bu esa na AQShga, na Xitoyga kerak emas.

Ikki tomonning umumiy fikri shuki, hech kim ajralishni istamaydi,” dedi Bessent. “Joriy qilinayotgan bojlar embargo darajasida ta’sir ko‘rsatardi. Biroq hech kim buni xohlamaydi. Biz savdo qilishni istaymiz. Biz muvozanatli savdoni istaymiz. Har ikki tomon bunga erishishga tayyorligini bildirdi.”

O‘tgan oy Tramp ma’muriyati Xitoy tovarlariga umumiy 145% boj stavkasi joriy qilgan, Xitoy esa javoban AQSh tovarlariga 125% boj belgilagan edi. Bunday yuqori tariflar ikki davlat o‘rtasidagi $660 milliardlik savdoni deyarli butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin edi.

Ushbu yangilik ortidan aksiyalar bozori keskin ko‘tarildi. AQSh fyucherslari 2% dan oshdi, Gonkongning Hang Seng indeksi 3% ga yaqin o‘sdi, Germaniya va Fransiya birjalari esa 0,7% ko‘tarildi.

Tramp boshchiligidagi ma’muriyat boshqa mamlakatlarga nisbatan ham boj stavkalarini oshirgan bo‘lsa-da, Xitoy bilan nizo eng keskin kechgan. AQSh Xitoyga 20% lik boj solib, Pekindan sintetik opioid fentanil oqimini to‘xtatishni talab qilgan.

Qolgan 125% tariflar esa Trampning ilk prezidentlik muddati davrida boshlangan kelishmovchiliklarga borib taqaladi, bu esa ayrim Xitoy mahsulotlariga nisbatan jami 145% dan ortiq boj solinishiga olib kelmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *