Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

“Uddaburon” elektriklarning rejasi fosh boʻldi

Gulhayo Naimova 11.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :13

Toshkent shahrida elektr tarmoqlari korxonasining ikki xodimi 10 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Ularga nisbatan pora evaziga elektromobillarni quvvatlash uskunasini o‘rnatish va ruxsatnoma olishni va’da qilganlik gumoni qo‘yilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tuman elektr tarmoqlari korxonasining bosh muhandisi va elektr ustasi fuqarodan 10 ming dollarni olayotgan paytda ushlangan.

Gumonlanuvchilardan biri, bosh muhandis, hodisani quyidagicha izohlagan: “Oldimga bir yigit kelib, transformator punkti o‘rnatishda yordam so‘radi. Men unga yo‘l-yo‘rig‘ini ko‘rsatdim. U 10 ming dollar olib keldi. Shu vaqtda ushlandim.”

Ikkinchi gumonlanuvchi esa, transformator o‘rnatish bo‘yicha xizmatlar evaziga 15 ming dollar talab qilinganini tan oldi. Unga ko‘ra, bu summaning 6 ming dollari transformator olib kelish, 9 ming dollari esa loyiha ishlariga ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan hujjatlar qonuniy baho berilishi uchun prokuratura organlariga topshirilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *