11-may kuni soat 18:18 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Jasorat ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasi hududida chiqindi saqlash joyida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Yong‘in haqida xabar kelib tushishi bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari 18:25 da voqea joyiga yetib borib, o‘t o‘chirish ishlariga kirishdi. Yong‘in soat 18:41 da qurshab olinib, 18:49 da to‘liq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Tegishli organlar tomonidan yong‘inning sabablari o‘rganilmoqda.