Afg‘onistonda “Tolibon” harakati shaxmat o‘yinini taqiqlab, mamlakatdagi Shaxmat federatsiyasini butunlay yopdi. Bu haqdagi farmon Afg‘oniston amiri tomonidan imzolangan.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, qaror “Ezgu ishlarni targ‘ib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi” tavsiyasi asosida qabul qilingan. Vazirlik shaxmatni “mashg‘ulot sifatida nomaqbul” deb hisoblagan.
So‘nggi yillarda Afg‘onistonda shaxmat yoshlar orasida keng ommalashgan edi. Iqtidorli sportchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ham ulgurishgan.
Huquq faollari bu qarorni Afg‘oniston sport va madaniy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan cheklov sifatida baholamoqda. Mamlakatda ilgari kuyovlardan mahr talab qilinishini ham “Tolibon” taqiqlagani e’lon qilingan edi.