Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Bolalar tajriba “quyoni”(mi?)

Gulhayo Naimova 11.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :24

Dublindagi Irlandiya Bolalar salomatligi shifoxonasida bir nechta bolaga ota-onasining roziligisiz tibbiy moslama o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

Bu moslama — gastrostomiya tugmasi deb ataladi va u oshqozon orqali ovqat yoki dori yuborish uchun ishlatiladi. Bu moslama odatda ovqatni yeya olmaydigan bolalar uchun qo‘llaniladi.

Ammo mazkur shifoxonada shifokorlar ushbu moslamani boshqa maqsadda, ya’ni peshob chiqarishda qiynalayotgan bolalarning pufagiga o‘rnatishgan. Bu tibbiyotda “off-label”, ya’ni tasdiqlanmagan tarzda qo‘llash deb ataladi.

Ota-onalarga bu moslama haqida oldindan ogohlantirilmagan.

Moslama aslida oshqozon uchun mo‘ljallangan, pufakda ishlatish uchun sinovdan o‘tmagan. Natijada ayrim bolalarda uzoq davom etgan siydik yo‘llari infeksiyalari yuzaga kelgan.

Shu sababli ota-onalar bu ishni etikaga zid deb hisoblab, mustaqil tekshiruv talab qilishmoqda.

Irlandiya sog‘liqni saqlash vaziri bu usul dunyoning ayrim joylarida ishlatilishini aytib oʻtgan. Ammo ota-onalarning ruxsatisiz amalga oshirilgani — qonuniy va axloqiy jihatdan noto‘g‘ri, degan fikrlar bildirilmoqda.

Avvalroq yana bir shunday shifoxonada bolalarga tasdiqlanmagan metall moslamalar o‘rnatilgani aniqlangan edi. Bu holatlar sababli kasalxona rahbari iste’foga chiqdi va tizimni to‘liq qayta ko‘rib chiqish ishlari boshlangan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *