Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Hindiston va Pokiston urush yoqasida: mojaro qanday avj oldi?

Nilufar Qobilova 10.05.20253 daqiqa o'qiladi
147

Kashmirda sodir bo‘lgan qurolli hujumdan so‘ng Hindiston va Pokiston o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro yadro quroliga ega ikki davlatni ochiq harbiy to‘qnashuv yoqasiga olib keldi.

Ayni damda har ikki yadro quroliga ega davlat bir-biriga qarshi raketa zarbalari, dron hujumlari va chegaradagi o‘q almashuvlar bilan faol harbiy qarama-qarshilikka kirishgan.

Hujumdan so‘ng Hindiston diplomatik aloqalarni qisqartirib, suv bitimini to‘xtatdi va savdoni to‘liq bekor qildi. Pokiston javoban havo hududini yopdi va raqibining harakatlariga qarshi harbiy javob berishini ma’lum qildi.

So‘nggi kunlarda ikki davlat orasida raketa va dron zarbalari almashildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, minglab odamlar evakuatsiya qilindi, barcha maktab va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi. AQSh, BMT va G7 davlatlari vazminlikka chaqirmoqda, biroq mojaro hali tinmagan.


 Mojaroning to‘liq xronologiyasi

 22- aprel
Pahalgam kurortida 26 nafar sayyoh otib o‘ldiriladi, 17 nafari yaralanadi. Hindiston “Kashmir Resistance” guruhini va bilvosita Pokistonni ayblaydi. Pokiston ishtirokni inkor etadi.

23- aprel
Hindiston Pokiston bilan diplomatik munosabatlarni pasaytiradi, yagona yer chegara punktini yopadi, Hind daryosi bo‘yicha suv bitimini to‘xtatadi. Hujumchilarga qarshi tergov boshlanadi.

24- aprel
Ikkala tomon vizalarni bekor qiladi. Pokiston hind aviakompaniyalariga havo hududini yopadi, barcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita savdoni to‘xtatadi.

25- aprel
Tomonlar Line of Control hududida o‘q almashadi. Pokiston bu kelishuvni bekor qilish bilan tahdid qiladi. BMT vazminlikka chaqiradi.

26- aprel
Pokiston bosh vaziri Hindistonning suv oqimini to‘xtatish harakatlariga “to‘liq kuch bilan javob” berishini bildiradi. Eron vositachilik taklif qiladi, Tramp esa “ular hal qiladi” deya izoh beradi.

30- aprel
Kashmirda dam olish maskanlari yopiladi. 5 kun ketma-ket o‘q almashuvi. Pokiston razvedkasi Hindiston 24–36 soat ichida harbiy hujum rejalashtirayotganini bildiradi.

1- may
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Hindiston va Pokiston rasmiylari bilan aloqaga chiqib, inqirozni yumshatishga chaqiradi. AQSh Hindistonga hamdardlik bildiradi, Pokistonga tinchlikka da’vat yo‘llaydi.

3- may
Pokiston 450 km masofali raketa sinovini o‘tkazadi. Hindiston:

  • Pokistondan pochta jo‘natmalarini to‘xtatadi;

  • Savdoni to‘liq taqiqlaydi;

  • Portlarga kirish-chiqishni bloklaydi.

7- may
Hindiston Pokistonga raketa zarbasi beradi. Kamida 31 kishi halok bo‘ladi, jumladan ayollar va bolalar. Hindiston zarbalarni “terrorchilar rejalashtirgan joylarga qaratilgan” deya izohlaydi. Pokiston bu harakatni “urush e’loni” deya baholab, javob berishini bildiradi.

8- may
Hindiston dronlar orqali zarba beradi, Pokiston ikki fuqaro halok bo‘lganini bildiradi. Hindiston o‘zining havo mudofaasi hujumga uchraganini tan oladi. Kashmirda minglab odamlar evakuatsiya qilinadi, 20 dan ortiq aeroport yopiladi. Pokistonning Panjob viloyatida barcha maktablar yopiladi.

9- may
Hindiston yirik ichki kriket turnirini bir haftaga to‘xtatadi. Pokiston ham T20 turnirini vaqtincha bekor qiladi. AQSh vitse-prezidenti JD Vance bu mojaroni “bizning ishimiz emas” deb ataydi. Hindiston 26 ta hududda Pokiston dronlarini kuzatganini bildiradi. G7 davlatlari “maksimal vazminlik”ka chaqiradi.

10- may
Pokiston Hindiston havo kuchlari tomonidan o‘z hududidagi uchta aviabaza — Nurxon, Murid va Rafiqiy — nishonga olinganini bildiradi. Pokiston ham Hindiston harbiy obyektlariga raketa hujumini amalga oshirganini aytadi. Kashmirda turli shaharlarda portlashlar eshitilgan.


Mojoro yadro quroliga ega ikki davlat o‘rtasida avj olayotgani sababli xalqaro hamjamiyatda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. AQSh, G7, BMT va Eron vositachilik qilishga tayyor ekanini bildirgan bo‘lsa-da, taraflar harbiy tazyiqni kamaytirishga hozircha tayyor emas.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *