Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

O‘zbekiston Minskda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda ishtirok etadi

Nilufar Qobilova 08.05.20251 daqiqa o'qiladi
288

Belarus Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil 9-may kuni Minsk shahrida Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkaziladi.

Bu haqda Belarus mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-mayor Aleksandr Naumenko matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, parad havo-desant esheloni, piyoda va mexanizatsiyalashgan kolonnalar ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Tadbir mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Havo kuchlari tarkibi

Havo eshelonida 39 ta uchish apparati ishtirok etadi – 12 ta vertolyot va 27 ta samolyot. Ulardan 35 tasi Belarus Respublikasi Mudofaa vazirligiga, 4 tasi esa Rossiya Federatsiyasiga tegishli. Xususan, Su-30SM rusumidagi mashhur “Russkie Vitazi” aviatsiya guruhi paradda ishtirok etadi.

Piyoda va texnik kolonnalar

Piyoda kolonna 33 ta bo‘linmadan iborat bo‘lib, ulardan 30 tasi Belarus xavfsizlik kuchlari va bo‘linmalari, 3 tasi esa xorijiy davlatlardan tashkil topgan. Shu bilan birga, besh davlat — O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon vakillari bayroq ko‘taruvchi guruhlar bilan paradda qatnashadi.

Mexanizatsiyalashgan kolonnada 275 ta harbiy texnika qatnashadi. Bu texnikalar 26 ta alohida parad bo‘linmasida jamlangan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *