O‘zbekistonda eng ko‘p uchraydigan jarimalar va ularning 2026-yildagi so‘mdagi miqdori bir sahifada. 1 BHM 1-sentyabrdan 440 000 so‘m bo‘ldi, shuning uchun barcha summalar yangi miqdor bo‘yicha qayta hisoblangan. Jarimani 15 kun ichida to‘lasangiz, uning faqat yarmini to‘laysiz.
| Huquqbuzarlik | Modda | BHMda | So‘mda |
|---|---|---|---|
| Tezlikni oshirish20 km/soatgacha | 128-3-modda | 1 BHM | 440 000 so‘m |
| Tezlikni oshirish20–40 km/soat | 128-3-modda | 5 BHM | 2 200 000 so‘m |
| Tezlikni oshirish40–60 km/soat | 128-3-modda | 9 BHM | 3 960 000 so‘m |
| Tezlikni oshirish60 km/soatdan ortiq | 128-3-modda | 15 BHM | 6 600 000 so‘m |
| To‘xtash chizig‘ini bosib o‘tishSvetofor taqiqlovchi signalida | 128-4-modda | ½ BHM | 220 000 so‘m |
| Qizil chiroqqa o‘tishSvetofor yoki tartibga soluvchi ishorasiga bo‘ysunmaslik | 128-4-modda | 3 BHM | 1 320 000 so‘m |
| Haydash paytida telefondan foydalanishQuloqchin yoki “hands-free”siz · yoki ogohlantirish | 128-1-modda | 3 BHM | 1 320 000 so‘myoki ogohlantirish |
| Haydash paytida video ko‘rishOld paneldagi monitordan · yoki ogohlantirish | 128-2-modda | 1 BHM | 440 000 so‘myoki ogohlantirish |
| Xavfsizlik kamari, motoshlemHaydovchi yoki yo‘lovchi kamar taqmagan · yoki ogohlantirish | 125-modda | ½ BHM | 220 000 so‘myoki ogohlantirish |
| Tonirovka (qoraytirilgan oyna)Ruxsatnomasiz | 126-modda | 25 BHM | 11 000 000 so‘m |
| Tonirovka (qoraytirilgan oyna)Bir yil ichida takror | 126-modda | 40 BHM | 17 600 000 so‘m |
| Mast holda haydashHaydovchilik guvohnomasi bor · + 3 yilga huquqdan mahrum | 131-modda | 40 BHM | 17 600 000 so‘m+ 3 yilga huquqdan mahrum |
| Mast holda haydashHaydash huquqi yo‘q · yoki 15 sutka qamoq | 131-modda | 50 BHM | 22 000 000 so‘myoki 15 sutka qamoq |
| Hujjatlar yonida yo‘qGuvohnoma, texpasport va boshqalar | 135-modda | 1 BHM | 440 000 so‘m |
| Haydash huquqisiz boshqarishYoki rulni huquqsiz odamga berish | 135-modda | 5 BHM | 2 200 000 so‘m |
| Huquqdan mahrum etilgan holda haydash | 135-modda | 50 BHM | 22 000 000 so‘m |
| Sug‘urta polisisiz (OSAGO) haydashyoki ogohlantirish | 135-1-modda | ½ BHM | 220 000 so‘myoki ogohlantirish |
| To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasiNoto‘g‘ri joyda turish · yoki ogohlantirish | 128-6-modda | 2 BHM | 880 000 so‘myoki ogohlantirish |
| Avtobus yo‘lagidan yurishJamoat transporti uchun ajratilgan tasma | 128-7-modda | 1 BHM | 440 000 so‘m |
| Quvib o‘tish qoidasini buzish | 128-9-modda | 3 BHM | 1 320 000 so‘m |
| Maxsus mashinaga yo‘l bermaslikMayoqcha va signal yoqilgan | 128-5-modda | 5 BHM | 2 200 000 so‘m |
| Avariya holatini keltirib chiqarishBoshqalarni keskin tormoz yoki burilishga majburlash | 128-5-modda | 10 BHM | 4 400 000 so‘m |
| Yo‘l bezoriligi (drift, kesib o‘tish)Guvohnomasi bor haydovchi · + 1–2 yilga huquqdan mahrum | 128-10-modda | 25 BHM | 11 000 000 so‘m+ 1–2 yilga huquqdan mahrum |
| YTH joyidan ketib qolish | 137-modda | 15 BHM | 6 600 000 so‘m |
| Piyodaning qoida buzishiQizil chiroqda yoki noto‘g‘ri joydan o‘tish · yoki ogohlantirish | 138-modda | ⅓ BHM | 146 667 so‘myoki ogohlantirish |
| Skuter, velosiped qoidalariChiroqsiz yurish, skuterda odam tashish | 138-modda | ½ BHM | 220 000 so‘m |
| Mashinadan axlat tashlashAvtomobil, poyezd, jamoat transportidan | 123-modda | 1 BHM | 440 000 so‘m |
| Jamoat joyida chekishIsh joyi, bekat, jamoat transporti va boshqalar | 56-1-modda | ⅓ BHM | 146 667 so‘m |
| Samolyotda chekish | 56-1-modda | 2 BHM | 880 000 so‘m |
| Jamoat joyida spirtli ichimlik ichishTo‘y, restoran va ruxsat etilgan joylardan tashqari | 187-modda | ½ BHM | 220 000 so‘m |
| Mayda bezorilikSo‘kinish, shilqimlik, tartibni buzish · yoki 15 sutkagacha qamoq | 183-modda | 3–5 BHM | 1 320 000 – 2 200 000 so‘myoki 15 sutkagacha qamoq |
| Tunda shovqin qilish (23:00–06:00)11-dekabrgacha amaldagi miqdor | 192-modda | ⅓ BHM | 146 667 so‘m |
| Tunda shovqin qilish (23:00–06:00)2026-yil 11-dekabrdan | 192-modda | 3–5 BHM | 1 320 000 – 2 200 000 so‘m |
| Belgilanmagan joyga chiqindi tashlashMaishiy yoki qurilish chiqindisi | 91-1-modda | 3–5 BHM | 1 320 000 – 2 200 000 so‘m |
| Haqorat qilishShaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish | 41-modda | 20–40 BHM | 8 800 000 – 17 600 000 so‘m |
| Ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash (propiska)Yashash yoki turgan joy bo‘yicha | 223-modda | 3 BHM | 1 320 000 so‘m |
| ID-kartani yo‘qotish yoki yaroqsiz qilish | 223-modda | 1 BHM | 440 000 so‘m |
| Texko‘rikdan o‘tmagan mashinani yo‘lga chiqarishMas’ul shaxs uchun | 139-modda | 2 BHM | 880 000 so‘m |
Bunday jarima ro‘yxatda yo‘q. Boshqa so‘z bilan qidirib ko‘ring.
Menga qaysi to‘lov tegishli?
Jarimani va qaror qo‘lingizga tekkan kunni tanlang: qancha to‘lashingiz va chegirma qaysi kungacha amal qilishini ko‘rasiz.
Jarima1 BHM = 440 000 so‘m (2026-yil 1-sentyabrdan). Manba: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, lex.uz. Ma’lumot 2026-yil 24-noyabr holatiga tekshirilgan.
Jarimani yarim narxda to‘lash mumkinmi?
Ha. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 3321-moddasiga ko‘ra, jarima haqidagi qaror qo‘lingizga tekkan kundan boshlab 15 kun ichida jarimaning 50 foizini yoki 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy to‘lasangiz, qolgan qismidan ozod qilinasiz. Masalan, tezlikni 20–40 km/soatga oshirganlik uchun 2 200 000 so‘mlik jarimani 15 kun ichida 1 100 000 so‘mga yopish mumkin.
Bu imkoniyat hamma holatda ham ishlamaydi. Mast holda haydash (131-modda) va kodeksda alohida sanab o‘tilgan yana bir nechta huquqbuzarlik uchun chegirma yo‘q. Qaror ustidan shikoyat qilgan bo‘lsangiz yoki xuddi shu huquqbuzarlikni bir yil ichida takrorlagan bo‘lsangiz ham jarima to‘liq to‘lanadi.
Kamera qayd etgan tezlik qanday hisoblanadi?
Kodeksning 1283-moddasiga ko‘ra, jarima belgilanayotganda o‘lchov uskunasi va spidometrdagi mumkin bo‘lgan xatolik hisobga olinadi: qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegirib tashlanadi. Masalan, 60 km/soat belgisi bor joyda kamera 86 km/soat qayd etsa, 81 km/soat hisobga olinadi, ya’ni tezlik 21 km/soatga oshirilgan deb 5 BHM jarima yoziladi.
Tungi shovqin uchun jarima qachon oshadi?
Hozir tungi vaqtda (23:00 dan 06:00 gacha) shovqin qilgan fuqaroga ⅓ BHM, ya’ni 146 667 so‘m jarima solinadi. 2026-yil 11-dekabrdan kuchga kiradigan o‘zgarishga ko‘ra bu miqdor 3–5 BHMga, ya’ni 1 320 000 – 2 200 000 so‘mga oshadi. Bir yil ichida takrorlansa, 5–7 BHM qo‘llanadi.
Jarimani qayerdan tekshirish va to‘lash mumkin?
Yo‘l harakati jarimalarini my.gov.uz portalida, bank ilovalarida va to‘lov ilovalarida avtomobil davlat raqami yoki texpasport ma’lumotlari bo‘yicha tekshirish mumkin. To‘lashdan oldin qaror raqami va summa ilovadagi ma’lumot bilan mos kelishiga e’tibor bering.
Ko‘p beriladigan savollar
Ogohlantirish yoki jarima: buni kim hal qiladi?
Agar moddada “ma’muriy ogohlantirish yoki jarima” deyilgan bo‘lsa, qaysi jazoni qo‘llashni ishni ko‘rayotgan mansabdor shaxs huquqbuzarlik holatiga qarab hal qiladi. Kamera orqali qayd etilgan holatlarda odatda jarima yoziladi.
Eski BHM bilan yozilgan jarima qayta hisoblanadimi?
Odatda jarima huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi BHM bo‘yicha hisoblanadi. Shuning uchun 1-sentyabrgacha yozilgan qarorda summa 412 000 so‘mlik BHM asosida bo‘lishi mumkin. Aniq summa qarorda ko‘rsatiladi.
Bu ro‘yxatda hamma jarimalar bormi?
Yo‘q. Bu yerda fuqarolar eng ko‘p duch keladigan jarimalar jamlangan. Kodeksda mingdan ortiq modda bor; boshqa holatlar uchun kodeksning to‘liq matniga qarang. BHMni so‘mga aylantirish uchun BHM kalkulyatoridan foydalaning.
Sahifa ma’lumot uchun. Aniq ish bo‘yicha qaror matni va vakolatli organ tushuntirishiga tayaning.
