Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Uygʻongan zahoti telefondagi bildirishnomalarni koʻrish miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi – tadqiqot

Nyu-York universiteti professori, neyrobiolog Vendi Suzukining aytishicha, smartfondagi bildirishnomalarni uygʻongan zahoti tekshirish miya, xotira va motivatsiya uchun juda xavfli.

 

Ertalablari miyaning neyromoslashuvchanligi yuqori darajada boʻladi va u atrofdagi sharoitga tez moslashadi. Uygʻongandan soʻng odatda dofamin va kortizol miqdori oshadi — bu gormonlar birgalikda odamlarga faol, tetik boʻlishga va diqqatni jamlashga yordam beradi.

 

“Miyaga erkinlik berilsa, u nimalarga qodirligini kuzatib koʻring”, — deydi tadqiqotchi.

 

Suzuki uygʻongandan keyin 20 daqiqa davomida telefonga umuman qaramaslikni va bu vaqtda kun uchun maqsad tuzish yoki oldinda turgan ishlarga eʼtibor qaratishni tavsiya qildi.