Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Parkentda 9 oylik chaqaloqning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

IMG 20250801 173342 019

Parkent tumanida 9 oylik chaqaloqning vafoti yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi ochildi. 12 yil kutgan farzandining ahvoli og‘irlashgani bois shifoxonaga murojaat qilgan ota-onaning aytishicha, chaqaloqqa o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 26 iyul kuni soat taxminan 17:45 larda oilaviy juftlik Parkent tumanidagi shifoxonaga murojaat qilgan. Biroq shifokorlar chaqaloq holatini yetarli baholamagan va zaruriy muolajalarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan. Natijada bola bir necha soat ichida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Tibbiy yordam ko‘rsatishda ehtiyotsizlik) va 117-moddasi (loqaydlik) asosida aybdorlarni qonun hukmiga topshirish maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.