Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Moskva viloyatida oʻzbekistonlik noqonuniy migrant qotillik sodir etdi

IMG 20250725 132921 146

Moskva viloyatining Shchyolkovo shahrida eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan 49 yoshli erkak kaltaklab o‘ldirildi. Jinoyatda gumon qilinayotgan 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda NEWS.ru xabar berdi.

Voqea 20-iyul kuni kechki soat 20:45 atrofida yuz bergan. Marhum Grigoriy (ismi o‘zgartirilgan) suhbatdan qaytayotib ikki mast ishchiga duch kelgan. Ularning axlat qutisidan metall boʻlaklari qidirayotganini koʻrgan marhum imo-ishoralar bilan e’tiroz bildirgan. Biroq bu harakat noto‘g‘ri tushunilib, mojaro boshlangani taxmin qilinmoqda.

Moskva viloyati prokuraturasiga ko‘ra, gumonlanuvchi erkak jabrlanuvchiga qo‘li va oyog‘i bilan zarba bergan. U yerga yiqilib, boshini urishi oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Jasad butalar orasidan topilgan. Marhumning hujjatlari va qoʻlidagi polietilen paketdagi mahsulotlariga teginilmagan.

Gumonlanuvchiga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 111-moddasi 4-qismi bo‘yicha — og‘ir tan jarohati yetkazib, ehtiyotsizlik natijasida o‘limga sabab bo‘lish — ayblovi qo‘yildi. Maksimal jazo — 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

NEWS.ru manbalariga ko‘ra, har ikki erkak O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Rossiyada noqonuniy yashab kelgan. Ular rus tilini tushunmaydi, hujjatsiz va ro‘yxatdan o‘tmagan.

Jinoyat sodir bo‘lgan vaqtda yonida bo‘lgan ikkinchi erkakning voqeaga aloqasi hozirda tergov qilinmoqda. Agar u jinoyatni yashirishda yoki sheriklikda gumon qilinsa, unga ham ayblov qo‘yilishi mumkin, deb yozadi nashr.